18 Yanvar 2024 yil 2191

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yil 02 noyabrdagi 602-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni umumiy bo‘ysunuvchanlik va himoya-qorovul ko‘nikmalari bo‘yicha tayyorlash uchun pullik xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek naslchilik pitomnigida yetishtirilgan va ichki ishlar organlarining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan hamda xizmatga yaroqsiz deb topilgan itlarni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘iga asosan, Buxoro viloyat IIB xizmatga yaroqsiz deb topilgan 8 bosh xizmat itlarini sotish bo‘yicha eʼlon beradi.

1.      1 bosh sharqiy Yevropa ovcharkasi, tugilgan vaqti-05.05.2013y, laqabi-“Graf”, jinsi-erkak, rangi- qora sarg‘ish, narxi- 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m;

2.      1 bosh sharqiy Yevropa ovcharkasi, tugilgan vaqti-27.03.2015y, laqabi-“Mars”, jinsi-erkak, rangi- qora sarg‘ish, narxi- 350 000 (uch yuz ellik ming) so‘m;

3.      1 bosh sharqiy Yevropa ovcharkasi, tugilgan vaqti-06.01.2014y, laqabi-“Reks”, jinsi-erkak, rangi- qora oqish, narxi- 300 000 (uch yuz ming) so‘m;

4.      1 bosh sharqiy Yevropa ovcharkasi, tug‘ilgan vaqti-13.07.2017y, laqabi-“Raya”, jinsi-urg‘ochi, rangi- qora sarg‘ish, narxi- 500 000 (besh yuz ming) so‘m;

5.      1 bosh sharqiy Yevropa ovcharkasi, tugilgan vaqti-05.04.2014y, laqabi-“Zerda”, jinsi-urg‘ochi, rangi- qora sarg‘ish, narxi- 300 000 (uch yuz ming) so‘m;

6.       1 bosh spaniel, tugilgan vaqti-26.08.2016y, laqabi-“Linda”, jinsi-urg‘ochi, rangi- qora oq, narxi- 350 000 (uch yuz ellik ming) so‘m;

7.      1 bosh spaniel, tug‘ilgan vaqti-03.09.2020y, laqabi-“Gita”, jinsi-urg‘ochi, rangi- qora oq, narxi- 400 000 (turt yuz ming) so‘m;

8.      1 bosh spaniel, tugilgan vaqti-18.04.2012y, laqabi-“Messi”, jinsi-erkak, rangi- qora oq, narxi- 300 000 (uch yuz ming) so‘m;

Xaridorlar eʼlon berilgan kundan boshlab besh kun mobaynida Buxoro viloyat IIB Kinologiya bo‘limida bevosita yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasi orqali  elektron murojaat qilishlari mumkin. Xaridorlar bilan ikki tomonlama shartnoma tuzilib, to‘lovlar pul ko‘chirish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

Manzil: Buxoro viloyat IIB Kinologiya bulimi maʼmuriy binosi (Buxoro shahar Afrosiyob ko‘chasi 2-uy.)

Ko‘shimcha maʼlumot uchun telefon: 95.600-89-62, 93.479-06-20

 

 

Text to speech