O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i va Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Yangi o‘zbekistonning vatanparvar yoshlari” shiori ostidagi o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari hamda takliflari o‘rganilib, ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.
Ochiq muloqotda, yoshlar tomonidan imtiyozli kredit mablag‘lari, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy muammolari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘quv yig‘iniga jalb qilingan yoshlarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari o‘rganilib tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berildi.