19 Aprel 2024 yil 3218

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligi 7536-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi hamda IIV JIED oltinchi mintaqaviy hudud 17-son JIEKga tashrif buyurdi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari doirasida Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga qarash 7536-sonli harbiy qismning Qorovulbozor tumanida joylashgan 3 batalyoni harbiy xizmatchilari bilan uchrashdi.

Tashrif jarayonida harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat olib borish jarayonlari, o‘zaro hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, kelgusidagi qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zining takliflarini berib o‘tdi.

Harbiy xizmatchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida serjant va ofitserlarning masʼuliyatini oshirish kerakligini taʼkidlab, bo‘linmalarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va navbatchilarning xizmat olib borishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti oltinchi mintaqaviy hudud 17-son jazoni ijro etish koloniyasiga tashrif buyurdi.

Vazir o‘rinbosari jazoni ijro etish muassasasida shaxsiy tarkib va mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximovning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Text to speech