16 Iyul 2025 yil 518

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 2025/2026 oʻquv yili uchun kunduzgi taʼlim bakalavriatining “Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati (Kiberxavfsizlik)” yoʻnalishiga qoʻshimcha tanlov eʼlon qiladi!

Muddat: Nomzodlardan arizalar 2025-yil 14-iyuldan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

Nomzod arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

Qoʻlda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

Anketa (maʼlumotnoma);

Harbiy guvohnoma yoki chaqiriluvchining qayd etilganligi haqidagi guvohnoma nusxasi;

Oʻqish yoki ish joyidan tavsifnoma (agar oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlsa);

Doimiy yashash joyidan, sogʻligʻi holati haqida belgilangan namunadagi maʼlumotnoma (boʻy-basti koʻrsatilgan boʻlishi shart);

Ota-onaning Akademiyaga oʻqishga kirishga rozilik xati.

Oʻqishga qabul qilish bosqichlari:

Dastlabki tanlov

Maxsus kasbiy tanlov

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat

Imtiyozlar:

Quyidagi nomzodlar yakuniy suhbatdan ozod etiladi:

Xalqaro va respublika olimpiadalari gʻoliblari;

“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari;

IIV akademik litseylarining huquqshunoslik fani boʻyicha idoraviy olimpiada gʻoliblari (agar dastlabki va maxsus kasbiy tanlovdan oʻtsa);

Matematika, informatika, dasturlash va axborot texnologiyalari boʻyicha xalqaro, mintaqaviy va respublika olimpiada sovrindorlari (davlat komissiyasi qaroriga binoan, dastlabki tanlovdan soʻng).

Eslatma: Akademiyada oʻqish mutlaqo bepul, kursantlar oʻqish davomida yotoqxona va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.

Manzil:

IIV Buxoro akademik litseyi (Ichki ishlar organlari xizmatiga nomzodlarni qabul qilish markazi)

Tel : +998 91 401 41 19

Ish vaqti : 09:00 - 18:00

Text to speech