14 Sentyabr 2024 yil 923

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sharof Uralovning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda.

O‘rganishlar doirasida bugun dastlab, Buxoro tuman IIB JXX Probatsiya guruhi xodimlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarni nazorat qilish bo‘yicha joriy yilining o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlar ahvoli va guruh xodimlarining xizmat qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va Probatsiya guruhida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, “Rabotak” mahallasi hududda jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka chek quyish, mahallani raqamlashtirishga oid ishlar bilan yaqindan tanishib, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktikani tashkil etish, “Mahallabay” tizimi yordamida jinoyatchilikni jilovlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kunidagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablaridan kelib chiqib jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish maqsadida chorvachilikni yo‘lga qo‘ygan, Buxoro tumanining Xonabod mahallasida yashovchi Jahon Jo‘rayevning yashash xonadoniga tashrif buyurib, ularning ish faoliyati bilan tanishdi.

Jondor tumanida bo‘lgan o‘rganishlarda 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan 51 nafar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kunidagi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorning hamda 2024 yil 7 avgust kunidagi O‘zbekiston Respublikasining “Probatsiya to‘g‘risida”gi Qonuning mazmun mohiyatini, shuningdek, ushbu Qonunda nazorat ostidagi shaxslarga yaratilgan yengilliklar to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari, Probatsiya boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sharof Uralov Buxoro viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limiga tashrif buyurib, bu yerda xodimlari uchun yangidan taʼmirlanishi rejalashtirilgan zamonaviy binoning loyihasi bilan tanishdi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech