5 Sentyabr 2024 yil 1223

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.T.Abdullayev rahbarligida Buxoro viloyati hududida Jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi o‘tkazildi

 Muhokamada dastlab, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Uktam Askarovning joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglangdi.

Shundan so‘ng, viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, probatsiya hisobida turuvchi shaxclar bilan ishlash borasida amaliyotga tatbiq etilayotgan yangi istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Shuningdek, viloyatdagi mavjud 544 ta mahallalarda kriminogen vaziyatni jilovlash maqsadida “Raqamli va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida hududlarni zamonaviy, yuzni identifikatsiya qiluvchi videokuzatuv kameralari bilan jihozlash va yagona boshqaruv markaziga integratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham maʼlumotlar berildi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Jamoat xavfsizligi xizmatida tashkil qilingan Monitoring markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Jarayonda general mayor B.T.Abdullayev sodir etilayotgan har bir huquqbuzarlik  va jinoyatlarni chuqur tahlil qilgan holda, ilmiy yondashuv asosida ish natijadorligiga erishish kerakligi borasida o‘zining tegishli tavsiya va topshiriqlarini berdi.

Yakunda kelgusida bajariladigan keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech