12 Sentyabr 2024 yil 847

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralovning Buxoro viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov Buxoro viloyatida bo‘lib, hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, Prbatsiya to‘g‘risidagi Qonunga asosan nazorat ostidagi shaxslar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning natijadorligi yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda.

Bugungi o‘rganishlar doirasida Shofirkon hamda G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi.

Jarayonda maʼmuriy binolarda xodimlar va fuqarolar uchun yaratilgan shatr-sharoitlar ko‘zdan kechirilib, Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar belgilab berildi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik Sh.Uralov o‘rganishlari doirasida Respublikada namuna qilinayotgan G‘ijduvon tumanidagi Probatsiya bo‘limi yangi binosining qurilish jarayonini ko‘zdan kechirib, qurilishni tez va sifatli, zamon talablari asosida foydalanishga topshirish yuzasidan o‘zining tegishli tavsiya va topshiriqlarini berdi.

Shuningdek, G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya bo‘limi hisobida turgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, Probatsiya to‘g‘risidagi Qonunning mazmun va mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning har bir murojaatlari birma-bir o‘rganildi va ijobiy hal qilindi.

Bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Text to speech