27 Yanvar 2025 yil 1678

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 1-sonli Qarori mazmun mohiyatini o‘qib o‘rganish yuzasidan o‘quv amaliy seminar mashg‘uloti o‘tkazildi

Seminarda boshqarma boshlig‘ining barcha o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Bunda, dastlab, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Avazbek Inomov maʼruza qilib, mazkur qarorning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushunchalar berdi.

Ushbu qaror asosida ishlab chiqilgan "Yo‘l xaritasi" bandlari ijrosini taʼminlashning mexanizmlari xususida esa boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Uktam Askarov maʼruza qilib, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, tashkiliy, profilaktika, sodir etiladigan qonunbuzarliklarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikni barvaqt oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

Shuningdek, mahallarda faoliyat olib boruvchi “yettilik” vakillarining uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, qaror talablaridan kelib chiqqan holda aholining mavjud muamolarini birgalikda hal etish, ularni ish bilan taʼminlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali pirovardida jinoyatlikka barham berish yuzasidan har bir sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Shu bilan birga, "Huquqbuzarliklarni oldini olish yili" deb eʼlon qilingan 2025-yil davomida hududlarda, ayniqsa "qizil toifali" mahallalarda jinoyatlarni barvaqt oldini olish, aholi o‘rtasida huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik ruhiyatini singdirish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash mexanizmini aniq belgilab bergan ushbu qarorning mazmun-mohiyatini shaxsiy tarkib hamda boshqa taalluqli idoralar masʼullariga yetkazish borasidagi joylarda ham o‘quv seminar mashg‘ulotlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: