30 Dekabr 2023 yil 2902

"O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi pora bilan qo‘lga tushdi

Joriy yilning 28 dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Departament, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S. ” MCHJga qarashli AYOQSHda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MCHJga qarashli AYOQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish eʼlon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilib, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar !

Agarda faoliyatingiz davomida nazorat qiluvchi organlar tomonidan pora talab qilish holatlari aniqlangan hollarda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishingiz so‘raladi.

Shuningdek, pora berish, yaʼni davlat organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish ham jinoyat hisoblanadi.

Text to speech