12 Oktyabr 2023 yil 3130

Jamoat xavfsizli yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bugun, 12 oktyabr kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov huzurida 2023 yilning to‘qqiz oyi davomida Buxoro viloyatida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibi va yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda, boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Bahodirxo‘ja Sharipov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari - Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i Uktam Askarov, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jamoat tartibini saqlash, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari hamda Probatsiya bo‘limi masʼullari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishida voyaga yetmaganlar, yoshlar, xotin qizlar, ilgari sudlanganlar va Probatsiya nazoratida turgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, oila turmush doirasida, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari, jamoat joylari va ko‘chalarda sodir etilgan jinoyatlar qattiq tanqid ostiga olinib, kelgusida bu kabi jinoyatlarning profilaktikasini barvaqt amalga oshirish va oldini olish borasida aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Yakunda, 2023 yilning keyingi davrida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Text to speech