Jinoyatlarning navbatdagi sohabay muhokamasi viloyat Sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazildi
Dalatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, "Tibbiyot sohasiga alohida eʼtibor ko‘rsatilayotganining bosh maqsadi — xalq salomatligini saqlash, sog‘lig‘ini yana-da mustahkamlashdan iborat. Xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlat ham shunchalik ishonadi, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan fuqarolarimiz rozi bo‘lsa, davlatdan, bugungi farovon kunidan ham rozi bo‘ladi.
Shu o‘rinda, bugun 5-iyun kuni viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Jonibek Boltayev boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Feruza Ibragimova hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi masʼullari va Buxoro shahridagi barcha tibbiyot bo‘limlari mutasaddilari ishtirokida soha xodimlari o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olishga doir amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda joriy yilning 5 oyi davomida viloyatda xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan 245 ta jinoyatlarning 20 tasi sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan 14 nafar xotin-qiz tomonidan sodir etilgani qattiq tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, soha xodimlari o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari xususida maʼruza qilinib, yig‘ilganlarga firibgarlik, o‘g‘irlik, kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik hamda yo‘llarda harakat xavfsizligini taʼminlashga doir tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida korrupsiya tibbiyot tizimi uchun eng katta xavf va birinchi raqamli dushman ekanligi alohida taʼkidlanib, taʼmagirlik, poraxo‘rlik, tovlamachilik va firibgarlik hamda boshqa shu turdagi korrupsion jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan jazo choralari to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tizimda korrupsion holatlarni oldini olish borasida hamjihatlikda kurashish va bu kabi holatlarga duch kelinganda tegishli huquq-tartibot idoralari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning soddalashtirilgan tizimi yaratish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Jinoyatlarning bu kabi muhokamalari viloyatning boshqa sohalarida Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlari ishtirokida davom ettiriladi.