25 May 2025 yil 1498

Jondor tumanida aholi muammolari yechimiga doir navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Rasmiy sahifalarimizda xabar berganimizdek, bugun Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi masʼullar aholining sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga oid murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgangan holda hal etish maqsadida, Jondor tumanining “Luqmon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

Bunda 20 dan ortiq fuqarolarning ichki ishlar vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish, ishga tiklash, surishtiruv va dastlabki tergov, YHXB, turizm, Probatsiya sohalariga doir hamda ijtimoiy masalalarda qilgan murojaatlari birma-bir ko‘rib  chiqildi.

Qabul davomida asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun vaqt talab qilinganlari ish yurituviga olinib, har biri bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilandi va ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, hududiy ichki ishlar organlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari boshchiligida barcha shahar va tumanlarda o‘tkazildi.

Text to speech