8 Iyun 2023 yil 478

Jondor tumanida qurolni qonunga xilof ravishda saqlagan shaxs aniqlandi

Jondor tumani IIB TQX JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri davomida tumanning “Boliob” mahallasida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan J.M. ismli shaxs yashash xonadonidagi temir seyf ichida 1959-yilda IJEVSK qurol zavodida ishlab chiqarilgan 28 kalibrli, silliq nilli va 5.6 mm kalibrli burama o‘yiqli, V-5526 raqamli, «Ij-56-3» modelli ov miltig‘ini va 9 dona 16 va 28 kalibrli ov miltig‘idan otish uchun yaroqli bo‘lgan patronlarni, jangovar o‘q otar qurollar turkumiga kiruvchi ov miltig‘ini tegishli ruxsatnomasiz, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, xolislar ishtirokida undan ushbu ov quroli tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan J.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech