23 May 2023 yil 496

Jondor tumanida voyaga yetmagan shaxs o‘g‘irlik jinoyatiga qo‘l urdi

Jondor tumani IIB xabariga ko‘ra, 2023-yil 25-apreldan 26-aprelga o‘tar kechasi noma'lum shaxs g‘arazli niyatda Jondor tumani “Jamiyat” mahallasida yashovchi boshqa bir fuqaro A.S. ning uyi old tomonida ochiq holda qoldirilgan, “Cobalt” rusumli avtomashina salonidan 950.000 so‘m miqdoridagi naqd pul hamda avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini yashirin ravishda o‘g‘irlab hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni Jondor tumani “Jamiyat” mahallasida yashovchi, 2009-yilda tug‘ilgan A.A. ismli voyaga yetmagan shaxs sodir qilganligi aniqlangan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Text to speech