9 Iyun 2023 yil 234

Buxoro viloyati IIBda maktabgacha taʼlim tashkilotlari vakillari ishtirokida respublika miqyosidagi seminarning ikkinchi kuni ham qizg‘in davom etdi

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya ва ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni talablari hamda Ichki ishlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramovning joriy yil 24 may kunidagi 147-sonli farmoyishi ijrosi yuzasidan 8-10 iyun kunlari ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xizmatchilari uchun Buxoro viloyati IIB tasarrufidagi “Yulduzcha” nomli MTTda tashkil etilgan seminar bugun ham qizg‘in davom etdi.

Jarayonlarda bugun, 9-iyun kuni Buxoro viloyati IIBda IIV tasarrufidagi maktabgacha taʼlim takshilotlari rahbarlari ва o‘qituvchi-metodistlari ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda mehnat qonunchiligiga kiritilgan yangi o‘zgarishlar, guruhlarda rivojlantiruvchi markazlarni to‘g‘ri tashkil etish mavzularida maʼruzalar qilinib, xodimlarning kasbiy mahorati ва faoliyat samaradorligini oshirishga ahamiyat qaratildi.

Seminar-treningda ishtirokchilardan maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq test sinovlari qabul qilindi ва eng yuqori natija ko‘rsatganlar alohida eʼtirof etildi. IIV tasarrufidagi 2-son “Nihol” nomli MTT rahbari Nodira Qodirovaga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan, bolalarni Vatanga muhabbat hamda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni yurtimizning porloq kelajagi uchun munosib farzand bo‘lib yetishishlari, taʼlim-tarbiya borasidagi ishlarni davlat dasturi asosida amalga oshirilishi hamda MTTda taʼlim-tarbiya sifatini yangi pog‘onaga ko‘tarilishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari IIV MMI ва KBTX boshlig‘ining o‘rinbosari tashakkurnomasi bilan rag‘batlantirildi.

Shu bilan birga, taʼlim-tarbiya ва ilm-fan sohalarini yana-da rivojlantirish yo‘lida faoliyat olib borayotgan seminar-trening ishtirokchilari hamda Buxoro shahar maktabgacha ва maktab taʼlimi bo‘limi masʼul xodimlari boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech