16 Oktyabr 2022 yil 836

Buxoro: Xodimlar munosib ragʻbatlantirildi

Avval xabar berganimizdek Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Xususan, yoʻllarda xavfsiz harakatlanishni taʼminlash, inson oʻlimi bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar natijalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyat YHXB ekspluatatsiya-montaj boʻlinmasi faoliyati bilan tanishish jarayonida ushbu boʻlinmada uzoq yillar davomida samarali xizmat qilib kelayotgan xodimlarni taqdirlash boʻyicha Ichki ishlar vaziri masʼullarga topshiriq bergan edi.

Topshiriqqa asosan viloyat YHXB boshligʻi polkovnik Anvar Ahmedov boʻlinmaning barcha xodimlari uchun minnatdorchilik dasturxoni yozib, tashakkurnoma hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalarini taqdim etdi.

Shu jumladan, Olim Shomurodov, Fattoh Atoyev, Toir Begunchev, Kurbonturdi Qorayev, Ibrohim Rahmatov, Azamat Jalilovlar zamonaviy televizorlar bilan taqdirlandilar.

Bugungi kunda yoʻl infratuzilmasiga zamonaviy texnikalar va raqamli texnologiyalarni tadbiq etishda ushbu boʻlinma xodimlarining saʼy-harakatlari beqiyos ekanligi alohida eʼtirof etildi.

Tadbirda soha vakillarining beminnat va mashaqqatli xizmati qadrlanib, vazirlik rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirildi.

Text to speech