26 Iyul 2022 yil 649

Joylardagi o‘rganishlar davom etmoqda...

Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz xabaringiz bor, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev hududlarga chiqib kriminogen vaziyati og‘ir, qizil toifaga kirgan mahallalar jinoyatchiligini o‘sha mahallaning o‘ziga borgan holda joyiga chiqib o‘rganib, mutasaddilarning ish natijalarini muhokama qilib tegishli chora-tadbirlar belgilab bormoqda.

Bugun, 26-iyul kuni ham boshqarma boshlig‘i tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi JXX Probatsiya bo‘limi va shahar IIO FMB Probatsiya bo‘linmasining faoliyati, shuningdek, Buxoro shahar 1-sonli Ichki ishlar bo‘limi va uning hududiga kiruvchi qizil toifali mahallalarda joriy yilning 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar va ularning sabab va omillari tahlil qilinib, sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar birma-bir muhokama qilindi.

Buxoro shahar hokimi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar IIO FMB masʼul rahbarlari bilan birgalikda o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 1-sektorga qarashli kriminogen vaziyati og‘ir, “qizil hudud” sirasiga kiritilgan «M.Tarobiy» mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi 8-sonli hamda “Oybek” mahallasidagi 1-sonli tayanch punktlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar davomida joylarda quyi ichki ishlar organlarining binolarida aholi va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmat xonalarining holati va mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi hamda xodimlarga yana-da munosib xizmat sharoitlarini yaratib berish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surilib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Mahallalarda kelgusida og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni oldini olish maqsadida, «fuqarobay», «oilabay» va «xonadonbay» tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirish, M.Tarobiy mahallasini kameralashtirib tayanch punktiga integratsiya qilish borasida manzilli topshiriqlar berildi va ijrosi alohida nazoratga olindi.

Text to speech